Katta xayr-ehson qilgan sirli qahramon “Liverpul” futbolchisi ekanligi taxmin qilinmoqda

Eldor Akmurzayev
22 mar 2020, 21:45
Hozirda koronavirusga qarshi kurash uchun klublar va futbolchilar ko'maklashayotgani haqidagi xabarlarni ko'p o'qimoqdamiz.

Biroq, bir holat alohida e'tiborga loyiq.

Ismi sir qolishini xohlagan shotlandiyalik futbolchi Glazgodagi nochorlarga egulik etkazib beruvchi 6ta tashkilot (egulik banki)ga katta miqdordagi mablag' o'tkazib berdi.

Ulardan biri, Glasgow NE Foodbank ushbu xayr-ehson tufayli 53.000 mahalliy aholini oziq-ovqat bilan taminlay oldi.

Egulik banki – muhtojlarga oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib beruvchi xayriya tashkilotlari (Buyuk Britaniya standart amaliyoti). Hozirgi kunda ular jiddiy moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda. Xayriya qilingan mablag' esa ularga yordam berdi.

The Times nashri yaxshilik qilgan futbolchi “Liverpul” a'zosi Endryu Robertson ekanligini taxmin qilmoqda. To'g'ri himoyachining o'zi bu mish-mishlarni tasdiqlamadi. Lekin, u xayriya ishlarni ko'p amalga oshiradi va hech qachon o'z nomi keltirilishini istamasligi aytilmoqda. Shu bois, sirli qahramon katta ehtimol bilan aynan Robertson bo'lib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Times