Katta mablag' qarz bo'lib qolgan xitoylik biznesmen "Milan"ni sotish niyatida

Mirjalol Normatov
15 mar 2018, 18:43
Xitoylik biznesmen Li Yunxun jamoani sotishni o'ylamoqda.

U 2017 yilning aprelida jamoa bilan 740 mln evrolik shartnoma imzolagandi. Li kredit olgandi, hozircha qarzni batamom uzganicha yo'q. Bu mavsumda ham jamoa top darajaga eta olmadi. Bu mavsumda "rossoneri"lar rahbariyati transferlar uchun 230 mln evro sarfladi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, jamoaning yangi egasi Said Al-Falasiy bo'lishi mumkin. U Dubayda hukmronlik qilayotgan Al-Maktumning oilasi a'zosi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport