

Bungacha Srechko Katanets shogirdlari qatorasiga 7 ta uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgandi. Sloveniyalik mutaxassis bu borada terma jamoada Mahmud Rahimovni (ketma-ket 6 ta g'alaba) ortda qoldirgandi.
Ammo u g'alabali seriya bo'yicha Samvel Babayan hamda Rustam Akramov tomonidan o'rnatilgan rekordni takrorlay olmadi. Ular ketma-ket 8 tadan uchrashuvda g'olib bo'lishgan.



