Kataloniya prezidenti: "Messiga barchasi uchun rahmat"

Mirjalol Normatov
26 avg 2020
Kataloniya prezidenti Joakim Torra-i-Pla hujumchi Leo Messining "Barselona"dan kyetishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Kataloniya Messining uyi bo'lib qoladi. Futbol orqali bizga zavq berganing uchun katta rahmat.

Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bilan bir necha yilni birga o'tkazish baxti nasib qildi. Bunday sportchini hech qachon yoddan chiqarib bo'lmaydi.

Leo Messi, [kavaler] Krest San-Jordi", - deb yozadi Kataloniya prezidenti.

Krest San-Jordi mukofoti Kataloniya tili va madaniyatini rivojlantirishda katta hissa qo'shgan insonlarga taqdim qilinadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana