Kasilyas: "Real"ning Chempionlar ligasidagi asosiy raqiblari- "Atletiko" va "Bavariya"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2014, 12:16
"Real" darvozaboni Iker Kasilyas xalqaro arenada va Ispaniya chempionatida "Qirollik klubi"ning asosiy raqiblari haqida gapirib o'tdi.
"Primeroda asosiy raqiblarimiz - "Atletiko" va "Barselona". Bu jamoalar chempionlik sovrini uchun oxirigacha kurashadi. Biz haqimizda ham shunday deyish mumkin, chunki jamoamiz o'z vazifalarini yaxshi uddalayapti. Xalqaro arenada "Real"ga "Atletiko" va "Bavariya" jiddiy raqib bo'lishi mumkin" - deydi Ispaniya terma jamoasi darvozaboni.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com