Kasilyas ketma-ket 18-marta YCHL guruh bosqichida o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2016
Portu posboni Iker Kasilyas ketma-ket 18-mavsum Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi.

Kecha ajdarlar pley-off bosqichida Romani mag'lub etib (1:1, 3:0) guruh bosqichiga chiqishdi.

Shunday qilib, 35 yoshli posbon Manchester Yunayted safida 18 yil davomida ushbu musobaqada o'ynagan Rayan Giggz rekordini takrorladi.

16 mavsumni Kasilyas Real safida o'tkazgan va 3 marta musobaqa g'olibiga aylangan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJose