Karvaxal: "Zidan bilan o'limga ham borishga tayyormiz"

Tolibjon Qosimov
22 fev 2018, 18:26
Madridning "Real" klubi himoyachisi Dani Karvaxal bosh murabbiy Zinedin Zidanni qo'llab-quvvatladi.

U bilan o'limgacha borishga tayyormiz.

"Bizni juda og'ir taqvim kutib turibdi. Har bir o'yinga kuch saqlab qolishimiz kerak. Men va jamoadoshlarim bosh murabbiyga ishonamiz, u bilan o'limgacha borishga tayyormiz.

Oxirigacha kurashamiz. Birinchi va ikkinchi o'rinlar bilan o'rtadagi farqni qisqartirishimiz kerak. Natijalarimiz yaxshilanmoqda. Bu esa bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi”, - dedi Karvaxal.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com