Karvalyu Fransiyada ish boshladi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 12:59
"Marsel" murabbiylar shtabi yana bir portugaliyalik bilan to'ldirildi.

2016 yilgi Yevropa chempioni Rikardu Karvalyu "Marsel" bosh murabbiyi Andre Villash-Boashning yordamchisi sifatida klubda ish boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

41 yoshli Karvalyu "Portu", "Chelsi", "Real" va "Monako" kabi klublarda o'ynagan. U 2017 yilda "Shanxay SIPG" jamoasida faoliyatini yakunlagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football