

"Liverpul" yozda katta mablag' sarflashi kerak. Qarang, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" yozda qancha pul ishlatdi va ular haligacha [peshqadamga] yaqin emas. Bu APLda yetakchilik uchun kurashish uchun qancha mablag' kerakligini ko'rsatadi.
"Liverpul" yillar davomida kimnidir sotdi, kimnidir sotib oldi, ammo hozir "Liverpul" 200 mln funt sarflashi kerak, buni vaqti keldi. Bu muvaffaqiyat siri demayapman: ko'p jamoalar sarflaydi va bu ish bermaydi.
Milner singari Keyt va Oksleyd-Chemberlenning shartnomasi tugayapti. Tiago esa tez-tez jarohat oladi.
"Liverpul"ga uchta yarim himoyachi kerak va ularning har biri kamida 40-50 million funtga tushadi", – dedi "Liverpul" sobiq himoyachisi.



