Karrager: "Hakamlarga bosim o'tkazib turadigan Fergyuson bo'lmagani uchun MYU 7-8-o'rinlarda yuribdi"

Mirjalol Normatov
8 may 2020, 19:15
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" Ser Aleks Fergyuson davrida juda ham muvaffaqiyatli davr o'tkazgani haqida gapirdi.

Gari Nevill bilan suhbat jarayonida mersisaydliklar sobiq himoyachisi: "Birinchi o'rindan 7-8-o'rinlarga tushib ketishning sababini qanday tushuntirsak bo'ladi... Albatta, sizda hakamlarga bosim o'tkazib, ularni qo'rqitadigan murabbiy bo'lmaganidan keyin shunday bo'ladi", - deb aytdi.

Nevill esa Karragerning so'zlarini tuhmat deb atadi.

Qayd etish kerak, "Manchester Yunayted" Ser Aleks Fergyuson davrida 1986 yildan 2013 yilga qadar 38 sovrin yutdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports