Karpin Eryomenko va Shomurodov hamda “Zenit”dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
27 okt 2019, 00:20
Rossiya chempionatining 14-turi doiarasida “Rostov” uyda “Sochi”ni Roman Eryomenkoning dubli evaziga muvaffaqiyat (2:0) qozondi.

Mezbonlar ustozi Valeriy Karpin uchrashuvdan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Popovni kartochka olgani uchun qattiq urushmaymiz. Axir uning bugun tug'ilgan kuni. Eryomenko esa to'purarlar poygasida Shomurodovga yetib olishga qodir (kuladi). 

Birinchi taym yoqdi, ikkinchisi esa yo'q. Ilk bo'limni hissiyotlarni jilovlay olmaganimiz bilan bog'layman, “Zenit” bilan o'yindagi 6:1dan keyin o'zimizni tiklab olishimiz zarur edi. Tanuffusdan so'ng esa hech qanday xayajonsiz chiqdik. Umid qilamizki, Sigurdsson ushbu hafta umumiy guruh mashg'ulotlarini boshlaydi. Ehtimol, “Krasnodar”ga qarshi o'yinga tayyor bo'lar.

“Zenit”ga qarshi bahs bizni o'zimizga kelishga va erga tushishimizga yordam berdi. O'ylashimcha, yerdan uzoqlashib borayotgandik ammo buning sodir bo'lgani yomon ham bo'lmagandi. Endi bu boshqa takrorlanmaydi”, – deydi Karpin. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com