"Karnaval Kubogi". "Paxtakor" "LIAK Nyu York"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
5 fev 2015, 08:31
Italiyaning Viarejjio shaharchasida bo'lib o'tayotgan "Karnaval Kubogi"da "Paxtakor" yoshlari o'zlarining ikkinchi uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi jamoa ikkinchi turda AQSH klubi ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. "Paxtakor" safida Xursanov dublga erishdi.

Endi yosh "sherlar" guruh bosqichining so'nggi turida "Verona"ga qarshi o'ynashadi. "Verona" ilk turda "Nyu York"ni (1:0) mag'lub etgandi. Ikkinchi turda esa "Napoli" bilan durang o'ynadi (0:0).

"Paxtakor" - L.I.A.K. Nyu York 2-1
Gollar:
Xursanov 6, Daurelio 25, Xursanov 47
"Paxtakor": Ergashev, Abdullaev, Begishev (Tolipov, 46), Sidiqov (Karimov, 63), Mirzaev, Yusupov, Nurillaev, Sidorov, Xursanov, Ibragimov (Do'smatov, 75) (Hoshimov, 81), Davlatjonov.


1-tur, 2 fevral
"Napoli" - "Paxtakor" 3:1
"Verona" - "LIAK Nyu York" 1:0

2-tur, 4 fevral
"Napoli" - "Verona" 0:0
"Paxtakor" - "LIAK Nyu York" 2:1

3-tur, 6 fevral
"Napoli" - "LIAK Nyu York". 19:00. "Bui" stadioni
"Paxtakor" - "Verona". 19:00. "Benelli" stadioni


Guruh jadvali:
"Napoli" - 4 ochko, "Verona" - 4, "Paxtakor" - 3, "Nyu York" - 0.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia