"Miseleccion"ning ma'lum qilishicha, Meksika terma jamoasi himoyachisi Karlos Salsedo jarohat sabab Konfederatsiyalar kubogi 3-turida Rossiyaga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Gap shundaki, futbolchi kecha Yangi Zelandiyaga qarshi bahs (2:1)da jarohat oldi va ayni paytda milliy terma jamoa shifokorlari nazoratida.