Karlo Anchelotti: "Taqvimda judayam ko'p o'yinlar bor, bu o'yin sifatini pasaytiradi"

Aslanov Jasurbek
27 okt 2021, 19:35
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbol taqvimini juda zich tuzilgan deb hisoblaydi.

"Hozirda ko'plab futbol o'yinlari translyatsiya qilinmoqda va bu menga muxlis sifatida yoqadi. Lekin tadbirlar ishtirokchisi, murabbiy sifatida yuqori saviyadagi jamoalarni tayyorlash uchun bu eng yaxshi variant emas deb hisoblayman. Ko'p uchrashuvlarning sifati pasayib ketdi.

O'ylaymanki, hozirda taqvimda judayam ko'p o'yinlar bor, buni qayta ko'rib chiqish kerak. FIFA va UEFA buni ko'rib chiqishi kerak, chunki futbolchilar holdan toyishsa, ko'ngildagidek o'yin bo'lmaydi", - dedi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com