Karlo Anchelotti: Krishtianu Ronaldu va Benzema formada bo'lsa o'yinimiz osonlashadi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 08:51
Real bosh murabbiyi Karlo Anchelotti YCHL 1-turidan o'rin olgan Galatasaroyga qarshi o'yindan (6:1) so'ng quyidagi fikrlarni bildirdi.
Biz qoyilmaqom natijaga erishdik. Ha, o'yin boshida bizning o'yinimiz o'xshamadi, ammo Iskoning goli jamoani tinchlantirdi. Shundan so'ng o'yin ssenariysi o'zgardi va biz xotirjam to'p tepdik. 

Krishtianu Ronaldu va Benzema formada bo'lsa, o'yinimiz osonlashadi. Raqibning ashaddiy muxlislari bilan to'lib toshgan stadionda bunday natijaga erishish bu ijobiy vaziyat, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru