Karlo Anchelotti "Everton"ni sudga berdi

Aslanov Jasurbek
12 iyun 2023, 19:48
Karlo Anchelotti sudga murojaat qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan haftaning jumasida Londonning oliy sudiga "Everton"ga nisbatan Anchelottidan ariza kelib tushgan. Shikoyat "umumiy tijorat kelishuvlari" bo'yicha.

Murabbiy sobiq klubiga aynan qanday ayblovlar e'lon qilgani ma'lum emas. Huquqshunoslar vaziyatga oydinlik kiritishmadi, "Everton" ham The Guardian nashri savoliga javob bermadi.

Karlo anchelotti 2019 yildan 2021 yilgacha "Everton"ni boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian