Karles Koto: "Navbatdagi ikkita o'yinda 6 ochko olmoqchimiz"

Narzulla Saydullayev
10 mar 2014, 16:39
“Bunyodkor” – “Al-Jaish” (Qatar) uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "qaldirg'ochlar"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Karles Koto ishtirok etdi.
"Ertaga qiyin o'yin bo'ladi. Murabbiyimiz ta'kidlab o'tdi, raqibimiz safida bir qator xorijlik futbolchilar bor. Bu o'yinni uyimizda o'tkazamiz, turnir jadvalidagi bir ochkoimizni keyingi ikkita o'yinda ettitaga etkazishni niyat qilib turibmiz", - deydi Karlos Koto.

- Karlos, bugunga qadar ikki marotaba rasmiy o'yinda maydonga tushdingiz. O'z o'yiningizdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Birinchi o'yinim OCHL bilan boshlandi. Aksiga olib endi mashg'ulotlardan qaytgan edik. Bu o'yinda o'z imkoniyatimizni to'liq ko'rsata olmadik. Superkubokda esa yaxshi chiqdi. O'zimga kelsam, bundan ham yaxshi harakat qila olaman va bu yo'lda mehnat qilishga tayyorman.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia