Karles Alenya: "Kelajakda "Barselona"ning asosiy xavbeklaridan biri bo'lmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2019, 17:17
"Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya kelajagi haqida fikr bildirdi.

"O'syapman, futboldan rohat ola boshlayapman. "Barselona"ning asosiy xavbeklaridan biri bo'lmoqchiman va buning uchun kurashyapman.

Messi? U ajoyib inson, Leo bilan munosabatlarimiz doimo yaxshi bo'lgan. U doimo menga o'z maslahatlari bilan yordam beradi. Messi bilan o'tkazgan ilk mashg'ulotimni yaxshi eslayman. O'sha mashg'ulotdan so'ng Leo bilan birga suratga tushganman" - deydi Alenya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es