

"Qolganlar xato qilib, aziyat chekishini tomosha qiladiganlarga murojaat qilyapman: Sizga hamdardman. Bunchalik g'azab qayerdan paydo bo'lganini bilmayman, ammo bu o'tib ketadi va hayotingizda yaxshi damlar paydo bo'lishiga umid qilaman" - deb yozdi darvozabon.
Eslatib o'tamiz, Karius "Liverpul" hamda "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvidagi xatosidan so'ng tanqidlar "yomg'iri" ostida qolib ketgan edi.


