Kapello: “Men Ibrani futboldan lazzat olishini cheklagandim”

26 apr 2020, 09:45
Italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan bog'liq ish jarayonidagi holatlarni esga oldi.

“U o'z maqsadi uchun intiluvchan va juda mag'rur yigit edi. Ammo maslahatlarga amal qilardi. Men unga “Ayaks”ni unutishi kerakligini, bu yerda boshqacharoq harakat qilishi kerakligini tushuntirganman. U futbolning estetik tomondan zavq olishini emas, balki ko'proq foydaliroq harakat qilishini istaganman. Ha, men uni futbol zavqidan, uning lazzatidan cheklaganman. Ammo u o'z texnikasini saqlab qolgan va haqiqiy to'purarga aylangandi. Albatta, bu birinchi navbatda futbolchining mehnati, sababi u mening maslahatlarimga amal qilgandi”, dedi Kapello “Sky Sport Italiaga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia