Kantega APLdan kutilmagan nomzod paydo bo'ldi

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2023, 09:50
“Chelsi” yarim himoyachisi N'Golo Kante faoliyatining Angliyaning boshqa grandida davom ettirishi mumkin.

“Liverpul” Kanteni yozda qo'lga kiritishni xohlamoqda. Mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp francuz xavbekini hali hamon yuqori darajadagi futbolchi deb hisoblaydi. Bundan tashqari, 31 yoshli futbolchi mersisaydliklar safiga erkin agent sifati o'tishi mumkin. Uning “Chelsi” bilan shartnomasi yozda tugaydi.

Eslatib o'tamiz, N'Golo Kante avgust oyida jarohat olgan va joriy mavsum birorta uchrashuvda maydonga tushmadi. U 2016 yildan beri “aristokratlar” sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Nacional