

"Le Parisen" xabariga ko'ra, yarim himoyachi PSJ bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib qo'ygan. 27 yoshli futbolchi yangi mavsumda YCHLda o'ynash uchun "Chelsi"ni tark etishi mumkin. Biroq moliyaviy feyr-pley sababli uning transferi biroz kechikishi mumkin.
O'tgan mavsumda Kante "Chelsi" tarkibida 48 uchrashuvda qatnashdi. Fransiya termasi bilan jahon chempioniga aylandi.



