

Jurnalist Nizar Kinsellaning yozishicha, fransiyalik futbolchi rahbariyatning yana bir mavsumga uzaytirish varianti bilan ikki yillik shartnoma imzolash taklifini rad etgan.
Manbaga ko'ra, Kante 3+1 sxemasi bo'yicha yangi shartnoma imzolamoqchi, ammo rahbariyat hozircha bunday bitim taklif qilishni istamayapti. Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.
Avvalroq Kantega Kataloniyaning "Barselona" klubidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.



