Kanselu durang haqida: "Ligadagi holat og'irlashib ketmoqda"

Mirjalol Normatov
17 dek 2023, 11:33
"Barselona" futbolchisi Joau Kanselu LaLigada "Valensiya" bilan o'ynalgan durang haqida gapirdi.

"Bizda ikki-uchta gol urish uchun etarlicha vaziyatlar bo'ldi. Ligadagi holat og'irlashib ketmoqda, biroq biz oxirigacha kurashishimiz kerak. Agarda barcha vaziyatlardan gol ura olganimizda 3 yoki 4ta gol urgan bo'lardik.

Jamoamiz juda yosh va og'ir davrdan o'tyapmiz. "Barselona" - dunyoning eng yirik klublaridan biri, shu sababli biz ham katta bosim his qilyapmiz. Bu menga yoqmoqda. Og'ir paytlarda bo'lsak ham, oldinga harakatlanishimiz kerak", - dedi Kanselu.

Ayni damda "Barselona" 35 ochko to'plagan holda LaLiga turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es