Kanchelskis “Man Siti” – “Real” bahsiga taxmin bildirdi

Eldor Akmurzayev
19 fev 2020, 19:55
“Navbahor” ustozi Andrey Kanchelskis YCHLning 1/8 bosqichi doirasida 26 fevral kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadigan “Real” va “Man Siti” uchrashuvidan nima kutayotganini aytdi.

“Qiziqarli o'yin bo'ladi. O'ylashimcha, Chempionlar ligasidagi katta tanaffusdan oldin, “Siti” bor kuchini joriy musobaqaga ajratadi: ularning barcha fikrlari, hamma taktik ko'rinishlari, eng yaxshi futbolchilari. Angliya chempionati “Liverpul”ga boy berilgani bois, ushbu mavsum endi ular uchun Chempionlar Ligasi birinchi raqamli turnirga aylanadi. 

Nazarimda, “Manchester Siti” va “Real”ning imkoniyatlari tengdek. Hatto kichik ustunlik, menimcha, hozir “Siti” tomonida. “Real”da biroz pasayish bor. “Siti”da esa tanaffus kamroq bo'ldi va ular yaxshi formada. Biroq, “Real” bu “Real”. Bu Chempionlar Ligasining eng kuchli jamoalaridan biri. Ko'ramiz", deydi mutaxassis. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru