Kamavinga va Sherki faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi

24 mar 2020, 22:30
17 yoshli Eduardo Kamavinga ("Renn") va 16 yoshli Rayan Sherki ("Lion") o'z kelajagini Madridning "Real" klubi bilan bog'lashni xohlaydi.

Yevropa grandlari e'tiborida turgan mazkur futbolchilar Zinedin Zidan boshqarayotgani tufayli ispan jamoasiga o'tishni ideal variant, deb hisoblashadi.

Takidlanishicha, 17 yoshli Kamavinganing ehtimoliy transfer narxi 50 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Sherki esa "Real" bilan shartnoma imzolagach, ikki yil mobaynida francuz klubida ijara asosida o'ynamoqchi. Uning transfer bahosi 10 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ABC