Kamavinga mashg'ulotlarda Nkunkuga jarohat etkazdi. Endi Kristofer mundialni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
16 noya 2022, 08:45
Jamoaviy mashg'ulotlar vaqtida Fransiya TJ xavbeki Kristofer Nkunku jarohat oldi.

Unga Eduardu Kamavinga shikast etkazgan. Qayd etilishicha, Nkunku tizzasidan jarohat olgan va bo'lajak mundialni o'tkazib yuboradi.

U mashg'ulotlarni oyog'ida og'riq bilan tark etgan.

Eslatib o'tamiz, francuzlarga guruh bosqichida Avstraliya, Daniya va Tunis raqiblik qiladi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: le10sport