

"Biz haqiqatdan ham bu o'yinda favoritmiz, ammo hech qanday bosim bizga halaqit qila olmaydi. Tarkibimizda saviyali futbolchilar bor va ular bu darajadagi o'yinlarni o'z klubida har hafta o'tkazadi.
Rakitich - jamoamizning asosiy ijrochisi. U "Barselona" asosiy tarkibiga tushmay qo'ygani uchun maydonda o'zini yo'qotib qo'yadi deb o'ylamayman. Terma jamoaning almashtirib bo'lmaydigan futbolchilari? Luka Modrich, Ivan Rakitich va Daniel Subashich" - deydi Kalinich.



