Kalexon La Ligaga qaytishga yaqin

Eldor Akmurzayev
15 mar 2020, 21:35
“Valensiya” kelayotgan yoz “Napoli” futbolchisi Xose Kalexonni o'z safiga qo'shib olishi mumkin.

Ispaniyalikning o'zi ham La Ligaga qaytishni istamoqda. “Ko'rshapalaklar” Kalexonga 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Shuningdek, unga “Sevilya” ham qiziqish bildirgan.

Avvalroq, 33 yoshli o'yinchi ushbu yoz neapolliklar bilan kelishuvini uzaytirmaslikka qaror qilgani haqida aytgandi.

Xose Kalexon joriy mavsum barcha turnirlarda 32 o'yin o'tkazib, 2 gol urishga erishdi. Shuningdek, uning hisobida 9 samarali uzatma ham bor. Xosening transfer narxi esa 12 mln evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Espana