Kaka: "Faoliyatimni "Milan"da davom ettirishni istayman"
Narzulla Saydullayev
1 apr 2014, 13:31
"Milan" yarim himoyachisi Kaka o'zining "Orlando"ga o'tishi borasidagi xabarga izoh berdi.
– Men "Milan"da baxtliman. Bundan tashqari, faoliyatimni shu yerda davom ettirishni istayman. Ammo so'nggi qarorni mavsum tugagach qabul qilaman. Adriano Galliani bilan kelajagimni hal qilib olamiz, - deydi Kaka Forza Italian Football nashriga.