Kagavaga A Seriya klubi davogar bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
14 okt 2020
"Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya"si sobiq yarim himoyachisi Shinji Kagava faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, unga "Breshiya" davogarlik qilmoqda. Unga Italiya klubi shartnoma borasida taklif bilan chiqqan. 31 yoshli Kagava oldinroq "Saragosa"dan ketgandi. Shu orqali u tekinga "Breshiya"ga o'tadi.

O'tgan mavsumda Kagava barcha turnirlarda 36 o'yinda 4 gol va 2 assist qayd etgan. Yaponiya termasi tarkibida esa 97 o'yinda 31 marta raqiblari darvozasiga yo'l topgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport