Kafu: "Trent nega Angliya termasi zaxirasida o'tirganini tushunmayapman"

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022, 18:23
Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kafu nima uchun "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Angliya terma jamoasi safida JCH-2022da o'ynamayotganini tushunmayapti.

"Men nima uchun Trent o'ynamayotganini tushunmayapman. Unda hamma narsa bor: sifat, dribling, temp, lekin har doim bir xil hiko – etarlicha himoyalanmaysan va o'yindan tashqaridasan, deyishadi.

Kimdir Robert Karlos va men haqimda ham gapirdi, lekin men nimadir yutganmiz deb o'ylayman... Afsuski, hozir qanot himoyachilari juda robotlashtirilgan, ular to'pni qabul qilishadi, uzatishadi va yugurishadi, men ularning harakatlarida ijodkorlikni ko'rmayman", – dedi Kafu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport