Kafu: "Neymar "Barselona"ga qaytmasligi kerak"

Tolibjon Qosimov
4 dek 2018
Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Kafu PSJ hujumchisi Neymar klubda qolishi kerak deb hisoblamoqda.

"Neymar "Barselona"ga qaytishi kerakmi? Yo'q, men bunday deb hisoblamayman. "Barsa"da Neymarda imkoniyatlar ko'p edi, u juda yuqori cho'qqilarni zabt etdi. Lekin, u qaysidir pallada klubini almashtirishga qaror qildi va o'zi uchun yangi chaqiruv qabul qildi.

PSJda u yomon boshlamadi, endi u yerda boshlagan ishini oxiriga etkazishi kerak. O'ylashimcha, u qolishi kerak", - dedi Kafu.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail