Kafu: “Messi - fenomen”

Aslanov Jasurbek
11 dek 2020, 09:05
Braziliya terma jamoasi sobiq a'zosi Markos Kafu PSJ va Messi haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

“Agarda Messi PSJga o'tganida, u Neymar va Mbappe bilan juda ham kuchli hujum triosini tashkil etgan bo'lardi. PSJ raqiblariga juda ham ko'p muammolarni yaratgan bo'lardi. Messi - fenomen. Messi dunyodagi eng maftunkor futbolni namoyish etadi. Messi, Neymar va Mbappening iqtidori bilan PSJ deyarli mag'lub etib bo'lmas jamoaga aylanadi”, - deydi Kafu.

Eslatib o'tamiz, Leo Messining “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe