K-League. "Seul" o'z maydonida autsayderni yuta olmadi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2019
Koreya Respublikasining "K-League" 8-turi doirasida Ikrom Aliboevning "Seul" jamoasi o'z maydonida so'nggi o'rinda borayotgan "Inchon Yunayted"ni qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar raqib darvozasiga gol ura olishmadi - 0:0. Ikrom Aliboev o'yinda to'liq harakat qildi. 

Ushbu durangdan so'ng "Seul"ning ochkolari soni 17 taga etdi. Klub "Ulsan" va "Chonbuk" bilan birga birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

Koreya Respublikasi chempionati jadvali



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia