Jyul Kunde: "YCHL talablariga javob bera olmadik"

Administrator
27 okt 2022, 23:41
Futbolchi YCHLdagi omadsiz ishtirok haqida gapirdi.

"Barselona" klubi himoyachisi Jyul Kunde klubning Yevropa Ligasiga ravona bo'lgani haqida yozdi.

"Sizlar kabi "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatdan va umuman guruhdagi ishtirokimizdan hafsalamiz pir bo'ldi. Afsuski, YCHL talablariga javob bera olmadik. 

Ammo hali mavsum uzun, g'alabalar oldinda. Ular uchun harakat qilish kerak. Biz esa kurashni davom ettiramiz. Muxlislarga esa qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat", -deb yozadi Jyul Kunde o'zining instagram sahifasida.

Eslatib o'tamiz, kecha YCHL beshinchi turidan so'ng "Barselona"ning Yevropa Ligasiga tushib ketishi aniq bo'lib ulgurdi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: www.instagram.com/jkeey4