Joze Mourinyu: "Bungacha men ishlagan birorta gigant klubdan bunchalik ishtiyoq olmaganman"

Mirjalol Normatov
18 sen 2025, 20:59
Joze Mourinyu "Benfika"ni dunyoning eng katta klublaridan biri sifatida tarifladi.

"Hissiyotlarim juda ko'p, biroq menda buni boshqarish uchun tajribam etarlicha. Ishonch uchun tashakkur bildiraman.

Men portugaliyalikman. "Benfika" va mening o'rtamda o'zaro tariximizni, madaniyatimizni va klub masshtabini bilmaydiganlar yo'q. O'z vazifam uchun bor e'tiborimni qaratishga harakat qilaman.

"Benfika"dan ketganimga 25 yil bo'libdi, bu erga faoliyatimni tiklab olish uchun kelganim yo'q. 25 yil davomida dunyoning katta klublarida ishladim. Biroq shu gigant klublarning birortasidan "Benfika" kabi ishtiyoq olmaganman. "Benfika" va o'z vazifam bilan yashayman", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola