Jorjino: "Lempard "Chelsi"ni boshqarish uchun tayyor bo'lmagan"

Mirjalol Normatov
24 apr 2021, 00:15
"Chelsi" futbolchisi Jorjino jamoaning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard haqida fikr bildirdi.

"Lempard bu erga kelish uchun bir qancha qadamlar tashlashi kerak edi. Uning o'rganadiganlari juda ko'p bo'lgan, u aynan shularsiz bu erga keldi.

Frenk "Chelsi"ga afsonaviy futbolchi va tajribasiz murabbiy sifatida tashrif buyurdi. Menimcha, u "Chelsi"ni boshqarish uchun tayyor bo'lmagandi", - dedi futbolchi.

Frenk 2019 yilning yozidan 2021 yilning yanvariga qadar "ko'klar" boshqaruvida 84 o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal