Jordi Albadan qoyilmaqom natija

4 okt 2018, 08:55
Kecha YCHL 2-turi doirasida “Barselona” mehmonda “Tottenxem” ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvda kataloniyaliklar himoyachisi Jordi Alba 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. YCHLda so'nggi bor bunday holat 6 yil avval sodir bo'lgandi. O'shanda “Bavariya” himoyachisi Filipp Lam “Lill”ga qarshi bahsda 3 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta