Jonni Evans MYUda ma'lum bir lavozimga tayinlanadi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025
Himoyachi Jonni Evans faoliyatini yakunlamoqda.

U "Manchester Yunayted" bilan yangi lavozim borasida muzokaralar olib bormoqda.

Klub 37 yoshli shimoliy irlandiyalikka yosh futbolchilarning ijara masalasini hal etishni ishonib topshirmoqchi.

Evansga yosh o'yinchilar uchun mos jamoalarni aniqlash, ularning taraqqiyotini kuzatib borish va kerak bo'lganda ularga yordam berish vazifasi yuklanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The New York Times