Jon Terri jamoadoshi qo'l ostida o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2018, 13:22
Himoyachi Jon Terri Frenk Lempard bosh murabbiy etib tayinlangan "Derbi Kaunti"da o'ynashga rozi bo'ldi.

Oldinroq, "Aston Villa" Terri bilan hamkorlikni yakunlagani haqida e'lon qilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, 37 yoshli futbolchi yaqin vaqt ichida Chempionshipda to'p tepadigan jamoa bilan shartnoma tuzadi. Terri maoshi kamayishiga rozi bo'ldi.

Terri va Lempard 2001-2014 yillarda "Chelsi" safida birga to'p tepishgan. So'nggi mavsum Terri "Aston Villa" safida 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 1ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail