Yoaxim Lyov o'z shahrining yuksak hurmatga sazovor fuqorosi unvoniga ega bo'ldi

18 okt 2014, 22:07
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov mundialdagi muvaffaqiyat tufayli katta unvonlarga ega bo'ldi.

Lyov o'zining tug'ilib o'sgan Shyonau shahrining "yuksak hurmatga sazovor fuqorosi" unvonini qo'lga kiritdi.
"Nemis mashinasi" "haydovchisi" Shyonauga jahon chempionati bosh sovrini bilan tashrif buyurdi. Uni taqdirlash marosimida 3 mingdan ortiq odam "Yogi, xush kelibsan ona shahringga" deb kuylashdi.


Manba: soccer.ru