
Men umuman hech narsadan qo'rqmayman. Argentina - juda yaxshi tashkillashtirilgan jamoa, ular to'rt yil avvalgiga nisbatan himoyada ancha yaxshi o'ynamoqda. Argentina - bu Messi? yo'q! Agarda shunday o'ylasak, bu xato bo'ladi. Ularni safida bir qator kuchli ijrochilar mavjud. Iguain, Aguero, Di Mariya. Ha, Messi muhim. Lekin u bir o'zi emas. Bizni chiroyli final kutmoqda.
Biz yarim finalni unutishimiz kerak. To'g'ri tushuninglar, biz o'zimizni favorit deb hisoblamaymiz. Ko'rasizlar, final juda qiziq o'tadi. Germaniya va Argentina jamoalari bir xil darajadagi jamoalar hisoblanishadi. Biz g'alaba qozonish uchun barcha ishni qilamiz.