

“Men “Chelsi” futbolchisiman, shu bois men yana va yana oldinga intilishim lozim. Bor kuchimni jamoam uchun baxsh etmoqchiman. Maqsadim – ko'proq o'yinlarda maydonga tushib, 2020 yilgi Yevropa birinchiligiga terma jamoam safida yo'l olmoqchiman.
Ayni paytda bor e'tiborimni 100 foiz “Chelsi”ga qaratganman va asosiy tarkibga qaytib, gollar urmoqchiman. Har bir o'yin men uchun o'zimni namoyish etish imkoniyatidir”, deydi Jiru.



