

Kataloniyaning "Jirona" klubi hujumchi Artyom Dovbikni "Atletiko" va "Napoli" jamoalariga sotishni xohlamadi.
Xabar qilinishicha, "blankivermelns"ni 27 yoshli Dovbik uchun qilingan moliyaviy takliflar qoniqtirmagan. "Atletiko" 25 mln evro, "Napoli" 35 mln evro taklif etgan. "Jirona" ukrainalik futbolchi uchun 40 mln evro olmoqchi, garchi uning tovon puli 50 mln bo'lsa ham.
Artyom Dovbik 2023/24 yilgi mavsum "Jirona" libosida 41 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urdi, 10 ta golga assistentlik qildi va Ispaniya Primerasining eng yaxshi snayperiga aylandi.



