Jeyms Milner futbol va xayriya yo'lidagi xizmatlari uchun Britaniya imperiyasi Ordeni bilan taqdirlandi

Sherzod Nurmatov
8 mar 2023, 12:39
Jeyms Milner Britaniya imperiyasi Ordeni mukofotiga loyiq ko'rildi.

"Liverpul" yarim himoyachisi o'zining xayriya ishlari va futboldagi xizmatlari uchun taqdirlandi. Milnerga mukofotni shaxsan shahzoda Uilyam topshirdi.

Britaniya taxti vorisi futbolchi bilan hazillashishga ham ulgurdi.

Britaniya imperiyasi Ordeniga a'zolik Tumanli Albiondagi eng nufuzli unvonlardan biri hisoblanadi. Orden fuqarolik va harbiy qismlarning beshta sinfidan iborat. Milner quyi sinfga mansub kavaler unvonini oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail