"Manchester Yunayted"ning "Chelsi" darvozasiga kiritgan goliga mualliflik qilgan Jessi Lingard jamoasi o'yinida o'sish kuzatilganini ta'kidladi.
- Oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarish bu deyarli - mag'lubiyat. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish lozim. Biz avvalgidan yaxshi o'ynayapmiz. Jamoaviy harakatlarimiz yaxshilandi.