Jerson: “Neymarga Braziliya-1970 tarkibida joy topilmasdi”

Aslanov Jasurbek
14 mar 2017
1970 yili Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligiga erishgan mashhur ftubolchi Jersonning fikricha, ayni paytda ushbu terma jamoaning yulduz futbolchisi Neymarga Braziliya-1970 tarkibidan joy topilmas ekan.

“1970 yilgi terma jamoa safida Neymar to'p tepa olarmidi? Menimcha, yo'q. U kimni o'rnida harakat qilishi mumkin edi?!

U Rivelinoni o'rnini bosolmasdi. Peleni ham. Yoki Tostao va yoki Jairzino bilan tarkibga kirish uchun kurasha olarmidi? Yarim himoyada ham unga “non” qolmasdi”, dedi Jerson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: