Breaking! "Bavariya" Nikolas Jekson transferini ijobiy hal qildi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2025
"Chelsi" hujumchisi "Bavariya"ga o'tadigan bo'ldi.

Fabricio Romano ma'lumotlariga qaraganda, "Chelsi" xohlaganidek, kelishuvga 1 yillik ijaradan keyingi majburiy sotib olish sharti ham kiritildi. 

Jekson myunxenliklar bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Ijara to'lovi – 16,5 mln evro.

Nikolas Jekson hafta oxirida Myunxenga yetib kelgan, biroq Liam Delapning jarohati tufayli "Chelsi" ko'p o'tmay futbolchining "Bavariya"ga o'tishini bekor qilgandi. Matbuotga ko'ra, Bundesliga grandi Jeksonni ijaraga olishi aniq edi, ammo  bu paytda sotib olish huquqi ixtiyoriy edi.

"Bavariya" Bundesliganing so'nggi ikki turida maksimal ochko (6) to'plashga ulgurdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano