Jerom Boateng: "Ko'kragimdagi mushak operaciyasidan so'ng yugurish uslubimni o'zgartirishga to'g'ri keldi"

Aslanov Jasurbek
6 yanv 2018, 14:40
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng o'zining jismoniy holati haqida aytib berdi.

O'tgan yilda Boateng 52ta uchrashuvning 24tasida ishtirok etdi.

"Ayni damda o'zimni yaxshi his qilyapman. 2017 yilni 80% tayyor bo'lib yakunladim. Agar bu hafta yig'inda yaxshi ishlasam, 100% tayyor bo'laman.

Bu vaqt men uchun oson bo'lmadi. O'zimni avvalgidek his qilish uchun bir yil kerak bo'ldi. Ko'kragimdagi mushakdan so'ng yugurish uslubimni o'zgartirishga to'g'ri keldi. Bu jarohat o'yinimga ta’sir qildi" - deydi Boateng.

Futbolchi 2016 yilning dekabr oyida ko'kragining mushagini operaciya qildirdi. 2017 yilda esa sonining yuqori qismini shikastlab oldi va yana muammolar boshlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com